Autorenfreundlich Bücher kaufen?!
Beschreibung
Qachonlardir juda ojiz mavjudot bo`lgan, o`zini yetarli darajada kiyim-bosh bilan ta`minlashda muammolarga duch kelgan inson endi butun boshli ekosistemalarni nobud qiladigan yadroviy qurollardan tortib, qudratli raqamli imperiyalar, osmono`par binolar qurdi va ilm-fanning yangi cho`qqilariga yetdi. Bu jarayonlarda uning qo`lidagi mehnat qurollarining qanchalik darajada takomillashganligi hal qiluvchi omil sifatida rol o`ynadi. Bug` mashinalari yaratilishi bilan boshlangan sanoat inqiloblari katta hajmdagi ilmiy va iqtisodiy yutuqlar va hayot darajasining yaxshilanishini taqdim etgan bo`lsa, XXI asrda bo`lishi kutilayotgan to`rtinchi sanoat inqilobi insoniyatning yashash tarzi, an`anaviy mehnat usullari va ishchilar jamiyatini misli ko`rilmagan darajada o`zgartirib tashlashi bashorat qilinmoqda. Bugungi kishini lol qoldiradigan innovatsion ixtirolar ichida smart texnologiyalar alohida ajralib turadi. Smart texnologiyalar zamirida eng katta ishni bajarayotgan sun`iy intellekt mutaxassislar tomonidan qayta va qayta ta`kidlanmoqda.
Raqamli iqtisodiyot, xalqaro xavfsizlik va ijtimoiy hayotda sun`iy intellekt
Details
| Verlag | GlobeEdit |
| Ersterscheinung | 10. Oktober 2023 |
| Maße | 22 cm x 15 cm x 0.8 cm |
| Gewicht | 209 Gramm |
| Format | Softcover |
| ISBN-13 | 9786206177661 |
| Seiten | 128 |